Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyaga insonparvarlik yordami uchun qo‘shimcha 400 mln dollar ajratadi
Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati Suriya aholisiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ravishda 400 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.
“AQSh qo‘shimcha gumanitar yordam sifatida 419 mln dollar ajratadi”, - dedi Ernest.
U shuningdek, mazkur mablag‘lar tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish va yashash joylarini tashkil etish uchun sarflanishini aytib o‘tdi. Ernestning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni 2010 yildan buyon Suriya xalqi va turli mamlakatlardagi suriyalik qochqinlar uchun 4,5 mlrd dollar sarflagan.
Shu bilan birga, mamlakat hukumati Amerika kutib olishi mumkin bo‘lgan qochqinlar soni oshirilganini ham eslatib o‘tdi.