Jamiyat | 09:08 / 22.09.2015
3359
2 daqiqa o‘qiladi

Del Ponte Asadni Miloshevichning taqdiri kutayotganini aytdi

Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha BMT Xalqaro tribunalining prokurori Karla del Ponte Suriya prezidenti Bashar Asad har qancha hokimiyatda turmasin, adolatdan qocha olmasligini ta'kidladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

“Asad amaldagi prezidentdir. Lekin vaqti kelib adolat o‘rnatiladi”, - ta'kidladi del Ponte.
Misol tariqasida u Yugoslaviyaning sobiq prezidenti Slobodan Miloshevichni esga oldi:
“Esingizda bo‘lsa, Miloshevich prezident edi va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan edi. Shunda tinchlik shartnomasiga kela oldikmi? Miloshevich prezident bo‘lib qoldi, lekin adolat qaror topdi”.

1995 yilda Miloshevich Deyton sulhini imzolab, Bosniyada 1992 yilda boshlangan urushga yakun yasaganlardan biri bo‘lgan edi. Lekin 1999 yilda u AQSh tomonidan harbiy jinoyatlarda, Jyeneva konvensiyasini buzishda va genotsidda aybladi. Gaaga tribunalidagi sud ishi 5 yil davom etib, sudlanuvchining o‘limi tufayli to‘xtatildi.

2012 yilda BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi Karla del Ponteni Suriyada inson huquqlari poymol qilinishini tergov qilish komissiyasi tarkibiga qo‘shdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish