Jamiyat | 07:58 / 22.09.2015
2310
2 daqiqa o‘qiladi

Di Kaprio 1980-yillardagi mafiya haqidagi serialga prodyuserlik qiladi

Taniqli aktyor Leonardo Di Kaprio 1980-yillar hayoti bo‘yicha ishlangan serialda prodyuser sifatida ishlaydi. Vanity Fair nashri ma'lumotiga ko‘ra, bu loyiha Showtime kanali bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Ma'lum qilinishicha, bu serial voqealari Bruklin shahrida kechadi. Telefilm ijodkorlari asosiy qahramonlar sifatida mafiya boshlig‘i va unga qarama-qarshi maxsus xizmat agenti obrazlarini jonlantirishadi. Bundan tashqari, mualliflar Uoll-Stritt ko‘chasida mafiya va davlat organlarining qay darajada ta'sirga ega bo‘lganini ko‘rsatib berishmoqchi.

Hozircha serialning nomi aytilmagan, lekin ssenariy Brett Jonson tomonidan yozilgani aniq bo‘lgan. Ushbu ssenariynavis bundan oldin ham Showtime telekanali bilan hamkorlikda "Rey Donovan" va "Aqlsizlar" kabi boshqa dramalar ustida ishlashgandi.

Qayd etish kerakki, Di Kaprio uchun bu ilk teleloyiha emas. Bundan oldinroq, u Entertainment One bilan Saymon Toynaning "Qidiruvchi" (The Searcher) romani asosida film ishlash bo‘yicha kelishuv tuzgandi. Ushbu loyihada Di Kaprioning o‘zi ham rol ijro etgan, bu film 2015 yilning dekabrida kinoekranlarda paydo bo‘lishi kutilmoqda. Filmda "Byordman"dagi ishi uchun Oskar mukofoti bilan taqdirlangan Alexandro Gonsales Inyarritu rejissyor sifatida ishlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish