Sport | 17:33 / 22.09.2015
2138
1 daqiqa o‘qiladi

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisida 400 nafardan ortiq sportchi qatnashadi

1-3 oktabr kunlari Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi.

Qatorasiga uchinchi bor tashkil etilayotgan mazkur musobaqada ishtirokchilar soni har yilgidan ko‘p. 2013 yili 20dan ortiq yurt vakillari Toshkentga tashrif buyurgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 42 davlatni tashkil etgandi.

Bu yilgi turnirda esa 60 mamlakatdan 411 nafar dzyudo ishtirok etishi kutilmoqda.

Rio Olimpiadasiga qimmatli litsenziya ochkolarini taqdim etuvchi musobaqada O‘zbekiston vakillari ham ko‘pchilikni tashkil etishadi. Musobaqada qatnashish uchun 28 nafar erkak va 14 ayol dzyudochilarimiz ro‘yxatdan o‘tishgan.

Xorijlik sportchilardan bu yilgi jahon chempioni koreyalik Dong Xan Gvak (-90 kg), London Olimpiadasi chempioni rossiyalik Tagir Xaibullayev (-100 kg) va bir qator mahoratli polvonlar ham ushbu Gran-Priga tashrif buyuradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish