Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:04 / 22.09.2015
2865
1 daqiqa o‘qiladi
Eron Rossiya bilan qo‘shma dengiz o‘quvlarini o‘tkazadi
Eron harbiy dengiz kuchlari qo‘mondoni kontr-admiral Habibulla Sayyoriy yaqinda Rossiya harbiy dengiz floti bilan hamkorlikda harbiy o‘quvlar o‘tkazilishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.
“Yaqinda biz Hindiston va Rossiya flotiliyalari bilan hamkorlikda o‘z hududiy suvlarimizda o‘quvlar o‘tkazgan edik. Endilikda Rossiya floti bilan qo‘shma o‘quvlar o‘tkazamiz”, - ma'lum qildi u.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish