Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada politsiya Kale shahridagi qochqinlar uchun noqonuniy lagerlarni tarqatib yubordi
Fransiyada politsiya Kale shahridagi bir qator noqonuniy qochqinlar lagerlarini bartaraf etish bo‘yicha keng miqyosli amaliyotlarni olib bordi, deya xabar bermoqda Agence France-Presse.
Mazkur operatsiyalar mahalliy hukumat ruxsati bilan o‘tkazildi.
Oydinlik kiritilishicha, mazkur lagerlarda taxminan 400 nafar muhojir yashayotgan bo‘lgan. Ularga yashash uchun boshqa boshpana taklif etilmadi.
Shuningdek, OAV ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya lager hududida xavfsizlikni ta'minlash uchun sharoitlar mavjud emasligidan norozi bo‘lgan qochqinlarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalangan.
Bundan avvalroq, Fransiya bosh vaziri Manyuel Vals mamlakat hukumati Germaniya singari qochqinlar oqimi nihoyatda tartibsiz qiyofa olgan sharoitda chegaralar bo‘ylab nazoratni kuchaytirishga tayyor ekanini ma'lum qilgan edi.