Jahon | 14:47 / 22.09.2015
3917
1 daqiqa o‘qiladi

FT: Rossiya Suriyadagi aviabazasiga 2 ming harbiy yo‘llaydi

Rossiya Lataqiyada joylashgan aviabazasiga yana 2 ming harbiy xizmatchi yuboradi, deb xabar beradi The Financial Times nashri.

Nashrning ma'lum qilishicha, Rossiyaning Suriyadagi harbiy missiyasi birinchi bosqichi doirasida u yerga qiruvchi ekipajlar, muhandislar hamda obektlarni himoya qiluvchi harbiylar yo‘llanadi.

Gazetaning manbalari Suriyaga Moskva tomonidan “yer-havo” toifasidagi raketalarning yuborilishiga doir taxminlarni tasdiqlay olmadi. Ammo ekspertlar bunday raketalar har qanday zamonaviy aviabaza mudofaasining muhim qismini tashkil etishini ta'kidlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish