Jahon | 08:49 / 22.09.2015
1930
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada F-18 rusumli qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Kaliforniya shtatining shimoliy qismidagi Lemur shahri yaqinida F-18 rusumli harbiy qiruvchi samolyot qulab tushgan. Bu haqda Los Angeles Times xabar bergan.

Manbada yozilishicha, samolyot ochiq maydonga qulagan.

Patrul politsiyasi vakili Skott Jobingerning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda uchuvchining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Taxminlarga ko‘ra, u qulash arafasida parashyut orqali qutilib qolgan bo‘lishi mumkin.

Ayni vaqtda voqea joyida dengiz aviatsiyasi xodimlari bo‘lib turishibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish