Jahon | 11:05 / 22.09.2015
5757
1 daqiqa o‘qiladi

Makkada 45 daraja issiqda juma namozi o‘qildi

18 sentabr kuni Makkadagi butun dunyodan to‘plangan ziyoratchilari birgalikda juma namozini ado etdi.
Olomon qulay joylarni egallash maqsadida ertalabdan maydonda to‘plana boshladi. Ayrimlar buning uchun hatto nonushtadan ham voz kechishdi.

Juma kuni peshinda havo harorati 45 daraja issiq bo‘lganiga qaramay, namoz ado etildi. Shundan so‘ng jamoat mehmonxonalarga qaytib ketdi.

Ishonilishiga ko‘ra, al-Harom masjidida o‘qilgan namozning savobi boshqa masjidlardagi namozdan 100 ming hissa ortiq. Kun issig‘i va boshqa noqulayliklarni yengib o‘tishda shu ishonch ko‘p ziyoratchilarning kuch berdi. Shu bilan birga, ayrimlarga bu salbiy ta'sir ko‘rsatib, sog‘lig‘i biroz yomonlashganlar, o‘zlarini yomon his qila boshlaganlar ham bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish