Jamiyat | 19:15 / 22.09.2015
2698
1 daqiqa o‘qiladi

Maksim Fadeyev «Golos.Deti» shousining yangi musobaqalarida hakamlik qilmasligini ma'lum qildi

Rossiyaning «Golos» shousining bolalar uchun mo‘ljallangan tanlovi hakamlari safida o‘zgarish yuz beradigan bo‘ldi. O‘tgan yilgi hakam Maksim Fadeyev bu yilgi musobaqada ishtirok etmaslikka qaror qilgan.

47 yoshli prodyuser buning sababini aniq oshkor etmagan.

«Men oson bo‘lmagan shaxsiy qarorga keldim. O‘ylashimcha, bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi», — deb yozadi Fadeyev tvitterdagi sahifasida.

Shuningdek u, bu tanlov hakam-murabbiyligidan faqatgina bolalar sabab ketishni istamagan payti ham bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish