Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mixalkovning "Solnechnyy udar" nomli filmi Rossiya nomidan "Oskar" uchun kurashadi
Rossiyalik rejissyor Nikita Mixalkov tomonidan ishlangan "Solnechnyy udar" filmi "Oskar" mukofotining "Eng yaxshi xorij" filmi nominatsiyasida ishtirok etadi. Bu haqda TASS nashriga "Oskar" mukofoti bo‘yicha Rossiyada tuzilgan qo‘mita rahbari Vladimir Menshov ma'lum qilgan.
Biz Nikita Mixalkovning "Solnechnyy udar" nomli kartinasini tanladik", deb ma'lum qilgan Menshov.
"Solnechnyy udar" kartinasi Ivan Buninning shu nomli asari asosida suratga olingan bo‘lib, rejissyor bu asarni sahnalashtirish haqida o‘tgan asrning 80-yillaridan buyon o‘ylab kelgan, faqat 2010 yildagina kinossenariyni tayyorlashga muvaffaq bo‘lgan va ijodiy hamkorlar bilan ishga kirishgandi.
Ushbu film premerasi 2014 yilning 3 oktabr kunida Belgrad shahrida o‘tkazilgandi. Film o‘tgan yilning 9 oktabridan boshlab kinoprokatlarda paydo bo‘lgan.
2015 yilning yanvarida bu film 2014 yil yakunlari bo‘yicha "Eng yaxshi film" sifatida "Zolotoy orel" mukofoti bilan taqdirlangan.