Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva jome masjidining ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi
23 sentabr 2015 yil Rossiya Federatsiyasi poytaxtining “Prospekt mira” dahasida yangidan bunyod etilgan “Moskva” Jome' masjidining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Masjidning tantanali ochilish marosimiga Rossiya Federatsiyasi muftiylar kengashining raisi, Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin taklifiga binoan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Masjidlar bo‘limi boshlig‘i M.B. Yo‘ldoshev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot kotibi J. Nuriddinov bugun ertalab Moskva shahriga jo‘nab ketishdi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Yangidan bunyod etilgan masjid fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 70 yilligiga hamda 111 yil avval qurilgan masjidning yangilangan Jome' masjidi – Rossiyaning Bosh masjidi o‘zining eshiklarini poytaxt musulmonlari va mehmonlari uchun ochmoqda.












