Sport | 19:01 / 22.09.2015
2809
1 daqiqa o‘qiladi

Muhammad Ali “Insonparvarlik uchun” mukofotini oldi

Afsonaviy boks qiroli, 3 karra jahon chempioni Muhammad Ali “Insonparvarlik uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Yetmish uch yoshli bokschi uzoq yillardan so‘ng jamoatchilik oldidagi taqdirlash marosimida qatnashdi. “Eslatib o‘tamiz, bokschi 1964 yili islomni qabul qilgan va Kassius Kley ismini Muhammad Aliga o‘zgartirgan”, deb yozadi Muxlis.uz. Muhammad Ali faoliyati davomida og‘ir vazn bo‘yicha 3 marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, insonparvarlik va xayriya tadbirlaridagi ishtiroki uchun bir necha mukofotlarga loyiq ko‘rilgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish