Jahon | 11:34 / 22.09.2015
4740
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev BMT Bosh assambleyasi sessiyasida chiqish qiladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh assambleyasining Nyu-Yorkda o‘tadigan 70-sessiyasida chiqish qiladi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Kutilishicha, Nazarboyev assambleyaning umumiy debatlari doirasida chiqish qiladi, BMT ming yillik maqsadlari realizatsiyasi va 2030 yilga qadar barqaror rivojlanish maqsadlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan, shuningdek, ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha sammitda ishtirok etadi. Nazarboyev sessiyada BMT bosh kotibi Pan Gi Mun taklifi bilan qatnashishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish