Sport | 10:28 / 22.09.2015
1908
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar: Koutinoning o‘yin uslubi "Barselona"ga juda mos keladi

"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Neymar "Liverpul"ning boshqa bir braziliyalik futbolchisi Filippe Koutino bilan bir jamoada to‘p surish istagini bildirgan.

"Juda ko‘plab braziliyalik futbolchilar "Barselona"da o‘ynab keta oladi. Ayniqsa, Koutino.

Felippe yuqori toifali futbolchi va uning o‘yin uslubi "Barselona" uchun juda ham mos tushadi", deydi Neymar.

Ma'lumot uchun, 23 yoshli Koutino o‘tgan mavsumda "Liverpul" safida 35 o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta golli pas muallifiga aylangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish