Jahon | 15:34 / 22.09.2015
7767
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh Germaniyadagi aviabazada yangi atom bombalarini joylashtiradi

AQSh Germaniya g‘arbidagi aviabazada B61-12 rusumidagi atom bombasidan 20 dona joylashtirmoqchi. Bu haqda Germaniyaning ZDF telekanali xabar qildi.

“Reynland-Pfalts federal yerida, Byuxel yaqinidagi bundesver aviabazasida shu kunlarda AQShning yangi aviabazalarini joylashtirishga tayyorgarlik boshlanadi. Bu ma'lumotni telekanal qo‘liga kelib tushgan AQSh byudjyet rejalari ham tasdiqlaydi.

Ularga ko‘ra, 2015 yilning uchinchi choragidan boshlab AQSh harbiy dengiz kuchlari Germaniyaning “Tornado” qiruvchilarini B61-12 yadroviy qurol tizimi bilan ta'minlashi ko‘zda tutilgan”, - deyiladi dasturda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish