Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:46 / 22.09.2015
3676
1 daqiqa o‘qiladi
Odil Ahmedov "Krasnodar" safidagi o‘yinda jarohat oldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning "Krasnodar" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov kecha jarohat oldi.
Yarim himoyachi 21 centyabr kuni "Ural"ga qarshi kechgan uchrashuvning 22-daqiqasida gol kiritib, hisobni ochgan. Ammo oradan ikki daqiqa o‘tar o‘tmas jarohat olib maydonga chiqib ketishga majbur bo‘lgan.
Hozircha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining jarohati qay darajada og‘ir ekani ma'lum emas.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoa 8 oktabrda JCh saralashi doirasida safarda Bahreynga qarshi maydonga tushishi lozim.