Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq Uy: Eron MAGATE bilan hamkorlikni boshladi
Oq Uy rasmiy vakili Josh Ernestning ta'kidlashicha, Eron MAGATE bilan hamkorlikni yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv kuchga kirishidan avval boshlaganini ta'kidladi. Uning so‘zlarini The Washington Post keltirmoqda.
“Eron uzoq vaqt davomida MAGATE o‘tkazmoqchi bo‘lgan har qanday inspeksiyalarga qarshi chiqib yurdi. Ammo endi biz uning inspeksiyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yayotganini ko‘ryapmiz”, - dedi u.
Shuningdek, Ernest tashkilot bosh direktori Yukia Amanoning Parchinga tashrifi tanqidchilarning Eron “o‘zini o‘zi inspeksiya qilmoqda” qabilidagi gaplariga chek qo‘yganini ta'kidladi.