Texnologiya | 17:14 / 22.09.2015
3437
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik olimlar mevadan ko‘proq sharbat olish usulini kashf qilishdi

O‘zbekistonlik olimlar navbatdagi kashfiyotlarini minnatdor dunyoga taqdim etdilar. Aytilishicha, bu safar ular sharbat olishdan ilgari meva-sabzavot xom ashyosiga maxsus ishlov berishni taklif qilishdi.

O‘zbekiston intellektual mulk agentligining ma'lum qilishicha, bu olinadigan sharbat miqdorini biroz ko‘paytirish imkoniyatini beradi. “Uning vazifasi sharbat olish jarayoni intensifikatsiyasidir.

Mualliflar A. Radjabov, M. Ibragimov va N. M. Eshpo‘latovlar bu borada talabnoma kiritdilar”, - deyiladi agentlik saytida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish