Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda birinchi McDonald's restorani ochiladi
Qozog‘istonda 2016 yilda McDonald's restoranlari tarmog‘ining birinchi restorani ochiladi. Bu haqda Qozog‘iston hududida ushbu brenddan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan Food Solutions KZ kompaniyasi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Birinchi restoran Olma-otada “Alatau” kinoteatri o‘rnida ochiladi. Hozirda ishlamayotgan kinoteatr buzib tashlanadi. Ushbu holat mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Restoran imkoniyati cheklangan odamlar uchun me'yorlarni hisobga olgan holda quriladi.
Restoranning ochilishi shaharda 100 ga yaqin ish o‘rni yaratishga imkon beradi. Hozirda ishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan xodimlar tarmoqning Rossiyadagi restoranlarida amaliyot o‘tamoqdalar. Kelgusida kompaniya 20 mingga yaqin ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda.