Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvg‘indagi bankir Rossiyadan 12 mlrd dollar talab qildi
Bugungi kunda Fransiyada yashab kelayotgan rossiyalik tijoratchi, sobiq senator va Mejprombank asoschisi Sergey Pugachyov Rossiyadan 12 mlrd dollar miqdorida tovon puli undirishni maqsad qildi. Uning matbuot kotibi tegishli da'vo arizasi xalqaro hakamlik sudiga topshirilganini aytib o‘tdi.
Aytilishicha, Rossiya hukumatining bankirga yetkazgan moddiy va ma'naviy zarari aynan shu miqdorda monetizatsiya qilinadi.
“Oxirgi bir necha yil mobaynida Rossiya meni, oilamni va investitsiyalarimni bir necha yo‘llar bilan ta'qib qilmoqda. Ammo meni bu bilan qo‘rqita olmaydi. Men xalqaro hakamlik sudi Rossiyaning xatti-harakatlariga xalqaro standartlar bo‘yicha baho berishiga umid qilaman”, - ta'kidladi tijoratchi.
O‘z navbatida, uning advokati Edvard Kexo Rossiyaning harakatlari uning Fransiya bilan imzolagan kelishuvlariga zid keladi.
2010 yilda Pugachyov tomonidan tashkil etilgan Mejprombank bankrotlikka uchradi. 2013 yilga kelib Rossiyada mamlakatni tark etib bo‘lgan bankirga nisbatan jinoiy qo‘zg‘atildi. U 28 mlrd rubl o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda.