Jahon | 09:12 / 22.09.2015
3382
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Eron IShIDga qarshi kurashda hamkorlik qiladi

Rasmiy Moskva va Tehron hukumati IShIDga qarshi kurashda hamkorlikni boshlashlarini ma'lum qilishdi. Bu haqda ikki mamlakat TIVlari xabar qildi.

Bayonot ikki davlat diplomatik idoralari rahbarlarining o‘rinbosarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Yaqin Sharq muammosiga bag‘ishlangan muzokara yakuniga ko‘ra qabul qilindi.

Hujjatda Suriyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi birlamchi ahamiyat kasb etgan holda siyosiy dialog yuritish zarurligi ta'kidlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish