Iqtisodiyot | 14:42 / 22.09.2015
2213
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada O‘zbekistonga bag‘ishlangan biznes forumlari o‘tkazildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyati va Krasnoyarsk o‘lkasida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan biznes forumlari o‘tkazildi. Tadbirlar O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Novosibirskdagi bosh konsulligi tomonidan tashkil etildi.

Ularda mintaqalar ma'muriyatlari, vazirlik va idoralari vakillari, deputatlar, yirik sanoat kompaniyalari xodimlari, ilmiy xodimlar va OAV ishtirok etdi.
Uchrashuvlar doirasida O‘zbekistonga investitsiyalar kiritish imkoniyatlari, ushbu mamlakatning iqtisodiy salohiyati muhokama qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning turistik salohiyati borasida taqdimot o‘tkazildi. Xususan, Expo Milano-2015 xalqaro ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston stendi haqida batafsil ma'lumot berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish