Jahon | 07:25 / 22.09.2015
2270
2 daqiqa o‘qiladi

ShHT Tojikistonning general Nazarzodaga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatladi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasining ijroiya qo‘mitasi Tojikistonning general Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi terrorchilik guruhni yo‘q qilish bo‘yicha o‘tkazgan aksilterror tadbirlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Sentyabr oyi boshida Tojikistonda mamlakat mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi terrorchilik guruhi mamlakatda vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida bir nechta strategik ahamiyat ega obektlarga hujum qildi. Buning oqibatda huquq-tartibot muassasalari xodimlari halok bo‘lgandi.

Tojikiston mutassadi muassasalari mavjud kuch va vositalarni jalb qilgan holda terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha katta miqyosdagi aksilterrorchilik operatsiyasini o‘tkazdi va bu tadbirlar 16 sentabrda o‘z nihoyasiga yetdi. Operatsiya davomida Nazarzoda va uning tarafdorlari bartaraf etildi.

ShHT Mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasining ijroiya qo‘mitasi mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlashga qaratilgan ushbu tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi va “uchta balo” – terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurashda ShHTga a'zo davlatlar mas'ul muassasalarining o‘zaro hamjihatligini muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyorligiga ishontirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish