Jahon | 00:26 / 22.09.2015
2155
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada ro‘yxatdan o‘tgan qochqinlar soni 100 mingdan oshib ketdi

Shvetsiya migratsion boshqarmasi faoliyati davomida birinchi marta boshqarmaning ma'lumotlar bazasida qayd qilingan boshpana olishga da'vogarlar soni 100 mingdan oshib ketdi. 

Boshqarmaning ma'lum qilishicha bu odamlar orasida hali qaror chiqishini kutayotgan odamlar ham, yaqinda qo‘llariga qarorni olganlar ham va sudda yashash huquqi rad etilgani bo‘yicha bahslashayotganlar ham bor.

Ayni paytda muhojirning boshpana berilishi haqidagi arizasini ko‘rib chiqishning o‘rtacha muddati 10 oyni tashkil qilmoqda. 2010 yilda Suriyada urush boshlanishidan avval bu muddat 3 marta kamroq bo‘lgan va uch oydan oshib ketmagan.

Joriy yilda Shvetsiyaga 65 ming muhojir kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish