Texnologiya | 12:19 / 22.09.2015
3217
1 daqiqa o‘qiladi

Telegram Viber ommaviy chati muqobili - Channels`ni taqdim etadi

Telegram mobil ilovaning iOS va Android uchun yangilangan versiyasida cheklanmagan miqdordagi obunachilar bilan ommaviy muloqot – chat qurishga xizmat qiluvchi Channels xizmatini ishga tushiradi.

Unda har bir xabarni qancha odam o‘qiganini ko‘rsatuvchi hisoblagich ham o‘rin olgan.

Unda guruh foydalanuvchilari suhbat tashkil etib, mesenjyerning boshqa foydalanuvchilari ham obuna bo‘lishi mumkin. Xuddi shunga o‘xshash xizmat Viber`da ham mavjud.

Channels foydalanuvchilari yozishmalar tarixini ko‘rib chiqishi mumkin. Masalan, Telegram kanaliga obuna bo‘lib, mesenjyer jamoasining barcha xabarlarini olishi imkoniyaga ega bo‘ladi.

Ayni paytda mobil ilovaning yangilangan varianti App Store va Google Play`da paydo bo‘lganicha yo‘q.

“Yangilanish 22 sentabr, 00:33.” Mazkur xabar Telegram rasmiy saytidagi Channels ishga tushirilishi to‘g‘risidagi yangilikdan olib tashlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish