Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:57 / 22.09.2015
2612
1 daqiqa o‘qiladi
Turkmanistonlik tadbirkorlar Issiqko‘lda mehmonxona qurmoqchi
Turkmaniston sanoatchilari va tadbirkorlari ittifoqi Qirg‘izistondagi Issiqko‘l bo‘yida mehmonxona qurmoqchi. Uning loyihasi Turkmaniston hukumatiga 2015 yil 18 sentabrida taqdim etildi.
Mahalliy matbuotda ta'kidlanishicha, qurilish loyihasi Turkmaniston prezidentining topshirig‘iga ko‘ra ishlab chiqilgan.
Bu loyihaning amalga oshirilishiga huquqiy asos bo‘lib Gurbanguli Berdimuhamedovning 5-6 avgustdagi Qirg‘izistonga safari chog‘ida imzolangan hujjatlar xizmat qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish