Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington Suriyada rus samolyotlari paydo bo‘lgani haqidagi ma'lumotni rasman tasdiqlamadi
AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi Suriyada nechta rus samolyoti borligi haqidagi savolga javob berishni istamadi.
Biroz oldinroq, AQSh hukumatidagi manbaga asoslangan holda Suriyaning Latakiya tumanida Rossiyaga tegishli 28ta harbiy samolyot borligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
“Men Rossiya harbiylarining Suriyadagi amaliyotlari to‘g‘risida so‘zlamayman, bu haqda mazkur ishlarni qilayotgan Moskvadagi kishilarga murojaat etishingiz lozim. Suriyada bir maqsad – IShIDning qolayotgani ma'lumot. Shuning uchun 60dan ziyod mamlakat tashkil etgan koalitsiya o‘zining mavjudligini davom ettiradi. Albatta, ularning hammasi ham aviazarbalar berayotgani yo‘q, Suriya ichkarisida harbiy maqsadlar bor”, - dedi Kirbi jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda.
Shuningdek, Kirbi Rossiyaning Suriyadagi maqsadlari qanday qiyofa kasb etishi bo‘yicha topishmoq tuzish istagida emasligini aytib o‘tdi.
“Uning harbiy harakatlari kengayib borayotgani haqidagi ma'lumot bizda xavotirlarni keltirib chiqarmoqda, mana, nima uchun biz harbiylar o‘rtasida aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilayapmiz. Biroq u nimani mo‘ljallayotganini o‘zidan so‘rashingiz kerak”, - dedi u.
Avvalroq Jon Kirbi jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda AQSh, Rossiya va Isroil harbiy tuzilmalari o‘rtasida Suriya masalasida uch tomonlama muzokaralar olib borilayotgani to‘g‘risidagi ma'luotlarni rad etgan edi.