Jamiyat | 07:56 / 23.09.2015
3530
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh "ben Ladenning sobiq tan soqchisi"ni ozod qildi

AQSh hukumati Saudiya Arabistoniga Guantanamodagi mahbus Abdulla Shalabiyni topshiradi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

“AQSh Saudiya Arabistoniga AQShning Guantanamodagi qamoqxonani yopishga urinishlarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildiradi”, deyilmoqda xabarda.

BBC News xabariga ko‘ra, yoshi 39da bo‘lgan Shalabiy o‘z vaqtida "Al-Qoida" rahbari Usama ben Ladenning tan soqchilaridan biri bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, Shalabiy 2001 yilda Pokistonda qo‘lga olingan va Kubaga jo‘natilgandi.

Qayd etilishicha, AQSh hukumati Saudiya Arabistoni hukumati bilan mahbusning ko‘chirilishida barcha xavfsizlik choralariga amal qilinishi bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Pentagonda qayd etilishicha, Guantanamoda yana 114 mahbus qolmoqda.

Pentagon hisobotiga ko‘ra, endilikda ushbu mahbusni qat'iy nazoratda tutib turishga hojat yo‘q.

Shuningdek, AQSh tomonidan unga nisbatan rasmiy ayblov e'lon qilinmagan. U Saudiya Arabistonida harbiylar uchun maxsus reabilitatsiya dasturidan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining prezidentlik muddati tugagunicha Guantanamodagi qamoqxonani yopishni niyat qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish