Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cholg‘u kvarteti global isishning 134 yilini musiqada ifoda etdi
Minnesota universiteti geografiya professori Skott Sent-Jorj va uning talabalari torli cholg‘u kvarteti uchun 1880 yildan buyon bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlarini ifoda etib beradigan musiqa yaratdilar. Bu haqda Popular Science nashri xabar bermoqda.
Kvartet asboblarining partiyalari (skripkalar, alt va violonchel) to‘rt mintaqadagi iqlim o‘zgarishlarini aks ettiradi: tropikda, o‘rta kengliklarda, yuqori kengliklarda va Arktikada. Past ohanglar sovuqni, yuqorilari esa issiqni ifodalaydi. Asar 1880 yil ma'lumotlaridan boshlanadi. Musiqa ohangi sekin-asta ko‘tarilib boradi.