Jahon | 11:28 / 23.09.2015
2923
1 daqiqa o‘qiladi

Google Translate servisida qirg‘iz tili paydo bo‘ladi

Qirg‘izistonda qirg‘iz tilini Google Translate servisiga kiritish maqsadida so‘z va iboralarni tarjima qilish bo‘yicha 2 kunlik marafon e'lon qilindi.

Bu haqda “Bizning meros” jamoat fondi direktori va “Qirg‘iz vikipediyachilari harakati” loyihasi rahbari Chorobek Saadanbekovga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar berdi. “Qirg‘izistonda 22-23 sentabr kunlari qirg‘iz tilini Google Translate servisiga kiritish maqsadida so‘z va iboralarni tarjima qilish bo‘yicha marafon bo‘lib o‘tadi.

Bu tadbirning maqsadi 26 ming tarjima va tarjima baholarini amalga oshirishdir”, – ta'kidladi Ch.Saadanbekov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, eng katta hissa qo‘shgan dastlabki uch kishi bosh vazir tomonidan mukofotlanadi. G‘oliblar Google kompaniyasi statistikasiga ko‘ra aniqlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish