Jahon | 20:41 / 23.09.2015
1927
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada ikkita poyezd to‘qnashishi oqibatida 40 kishi jabrlandi

Indoneziya poytaxti Jakartada ikkita poyezd to‘qnashishi oqibatida kamida 40 kishi jabrlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma'lum qildi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bir poyezd Juanda stansiyasida ikkinchi poyezdga kelib urilgan.

Jabrlanganlar yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilgan. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish