Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning Hyundai Motor kompaniyasi ishchilari ish tashlashlarni boshladi
Janubiy Koreyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Hyundai Motor kompaniyasi ishchilari qisman ish tashlashlarni boshladi, deya xabar bermoqda kasaba uyushmasi vakillari.
Ish tashlashlarga avtogigant rahbariyati bilan olib borilgan ishchilar oylik maoshini oshirish to‘g‘risidagi muzokaralarning buzilgani sabab bo‘ldi.
“Ish tashlashlar kuniga sakkiz soatdan – to‘rt soat kunduzgi, shuncha vaqt tungi smenada tashkil etiladi”, - deyiladi kasaba uyushmasi xabarida. Ish tashlash payshanba kuni ham davom etib, juma kuni ertalabdan ishchilar o‘z qurollariga birato‘la 6 soat “dam berishadi”.
Kasaba uyushmasining Hyundai Motor rahbariyati bilan muzokaralarning navbatdagi raundi 1 oktabrda bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ish tashlashlar sababli kompaniya aksiyalari birjada 1,52 foiz - 161500 von ($137,6)gacha arzonladi.
Kasaba uyushmasi esa ishchilar oylik maoshini 7,84 foizga oshirishni talab qilmoqda.