Jamiyat | 16:18 / 23.09.2015
2112
1 daqiqa o‘qiladi

JSST: Yevropa bo‘yicha eng ko‘p kashandalar Rossiyada yashaydi

Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, Rossiya Yevropadagi davlatlar orasida chekuvchilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Bu haqda Deutsche Welle nashrida yozilgan.

Bu borada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda mos ravishda Gruziya va Gretsiya qayd etildi.

Yevropa qit'asi bo‘yicha chekuvchilar eng kam yashaydigan mamlakat Daniya bo‘ldi.

Ushbu hisobotni tuzib chiqqan tadqiqotchilarning qayd etishicha, Yevropa mamlakatlarida chekish muammosi kamaymoqda.

Bunga chekishga qarshi taqiqlar, tamaki mahsulotlarining narxlari oshishi va tamaki mahsulotlari qutilarida chekishga qarshi reklama joylashtirilishi evaziga erishilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish