Jahon | 08:24 / 23.09.2015
2668
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyada namoyishchilar Ispaniya bosh vaziri yo‘lini to‘sishdi

Ispaniyaning Kataloniya muxtor viloyatida joylashgan Reus munitsipaliteti aholisi Ispaniya hukumati raisi Mariano Raxoyni “Mustaqillik” deb hayqirgancha kutib olishdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Bosh vazir Kataloniyadagi saylovlarda hukmron Xalq partiyasi nomzodi Garsiya Albiol bilan sayr qilib yurganda ularning oldidan bir necha namoyishchi chiqib, yo‘llarini to‘sib, Kataloniyaning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchi shiorlarni hayqirib ayta boshlashgan.

Raxoy qo‘riqlash xizmati yordamida o‘z avtomobiliga qaytgan. U yo‘lda bir nechta selfilar olib, yo‘ldagi bir necha kishini qarshilagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish