Jahon | 11:23 / 23.09.2015
1919
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada 8 kishi Bangkokdagi qo‘poruvchilikda aylanib qo‘lga olindi

Malayziyada 8 kishi 2015 yil 17 avgust kuni sodir etilib, 20 kishining umriga zomin bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatiga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda New Straits Times nashri xabar qildi.

Biroq mamlakat politsiyasi rahbari o‘rinbosari Nur Rashid Ibrohimning oydinlik kiritishicha, huquqni himoya qilish organlari portlashni tashkil etishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olinganlarning uch nafarini ozod qilgan.

“Ular (ikki malayziyalik va bir Pokiston fuqarosi) tergov organlariga so‘roq bermoqda, biroq bu ularning mazkur jinoyatni sodir etganini anglatmaydi, chunki ularning aybini isbotlovchi dalillar yo‘q”, - dedi politsiya vakili.

“Biz qo‘lga olinganlarni so‘rov qilish va Tailanddagi hamkasblarimiz bilan hamkorlikni davom ettiramiz”, - deya qayd etdi Nur Rashid Ibrohim.

Tailand politsiyasi tomonidan olib borilgan tergovlarda 5 nafar – bir Tailand fuqarosi, shuningdek, Hindiston, XXR va Turkiya fuqarolari qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish