Jahon | 14:06 / 23.09.2015
2014
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi terakt qurbonlari soni 117 nafarni tashkil etmoqda

Nigeriyada 21 sentabr kuni ro‘y bergan terakt qurbonlari soni 117 nafarni tashkil qildi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatgan.

Bundan oldin ushbu terakt natijasida kamida 50 kishi qurbon bo‘lgani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, dushanbaga o‘tar kechasi Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Borno shtati ma'muriy markazi hisoblangan Mayduguri atrofidagi ikki shaharcha – Adjilari va Bintuda portlashlar sodir bo‘lgan.

Ba'zi manbalarda bu hududlarda 3 marta, ba'zilarida 4 marta kuchli portlashlar sodir bo‘lgani aytilgan.

Ma'lum qilinishicha, Maydaguridagi shifoxonaga olib kelinganlardan 72 kishining o‘limi qayd etilgan. Portlashlar yuz bergan hududlarda esa 45 kishi halok bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, Mayduguri Nigeriyada halifalik tuzish harakatidagi jangarilar guruhlarining tayanch markazi hisoblanadi. “Boko Haram” terroristik guruhi ham mamlakat shimoli-sharqida faol harakat olib boradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish