Jahon | 08:40 / 23.09.2015
2596
1 daqiqa o‘qiladi

Oq Uy: AQSh Rossiyaning Suriyadagi harakatlariga ishonch bilan qarashi lozim

AQSh Rossiyaning Suriyadagi xatti-harakatlari mobaynida IShID guruhini yo‘q qilishga muhim hissa qo‘sha olishidan amin bo‘lishi lozim. Bundan u o‘zining mamlakatdagi harbiy kuchlarini ko‘paytirib olish uchun foydalanmasligi lozim. Bu haqda Oq Uy rasmiy vakili Joshua Ernest bayonot berdi.

“Suriya to‘rt yil mobaynida Rossiya ta'sir ostidagi mamlakat bo‘lib qoldi. Shu bois Rossiya uzoq vaqtdan buyon u yerda o‘z harbiylariga ega. Biz Rossiya xalqaro koalitsiya bilan birgalikda IShIDga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘sha olishidan amin bo‘lmog‘imiz kerak”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Ernestning aytishicha, Rossiya bu imkoniyatdan Suriyaga qo‘shimcha kuchlar tashlashda foydalanishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish