O‘zbekiston | 21:32 / 23.09.2015
3564
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Rossiya samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatiladi

O‘zbekistonda samolyotlar konstruksiyasining kompozitsion materiallardan tayyorlangan yirik elementlarini ta'mirlash markazi yaratiladi. Bu markaz xirojiy aviakompaniyalarni o‘ziga jalb qiladi.

Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasi oktabr oyida Rossiyaning VIM-avia aviakompaniyasining ikkita samolyotiga texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

Bu bunday birinchi hamkorlik emas. Joriy yilda Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasi VIM-avia aviakompaniyasining uchta Boeing-757-200 samolyotiga C-check ko‘rinishida texnik xizmat ko‘rsatgan edi.

“Biz buyurtmalar portfelini Rossiya va Qozog‘iston aviakompaniyalari hisobiga kengaytirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ish olib bormoqdamiz. Yil boshida, misol uchun, doimiy buyurtmachimiz, Qozog‘istonning SCAT aviatashuvchisining ikkita trapini to‘liq ta'mirlashdan chiqardik”, deb aytmoqda Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasi vakili.

Vakilning aytishicha, bu yo‘nalishdagi asosiy muammo ikki omildan – Rossiya tomonidan raqobatning kuchayishi, bu yerda Boeing va Airbus samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy markazlar yaratilgan, va O‘zbekistonga samolyotlarning yetkazilishi bilan bog‘liq xarajatlardan iborat bo‘lmoqda.

“Ko‘pgina kompaniyalar bizning xizmatlardan foydalanishga tayyorlar, biroq ularda O‘zbekistonga reyslarning yo‘qligi xalaqit bermoqda. Chunki ular Toshkentga va ortga samolyotlarni bo‘sh holda olib kelishlari kerak bo‘ladi, bu esa katta xarajatdir”, demoqda manba.

Aviakorxona vakilining fikricha, yaqin orada vaziyat o‘zgarishi mumkin va bu samolyotning kompozitsion materiallardan tayyorlangan yirik elementlarini ta'mirlash markazining ishga tushirilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Vakilning aytishicha, bu markaz mintaqada 5 ming kilometrlik radiusda shunday yagona obekt bo‘ladi va uning xizmatlariga talabning oshishini kutish mumkin.

Bugungi kunda Uzbekistan Airways Technics kompaniyasi Boeing 757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321, Il-114-100 va Il-76TD samolyotlariga liniyali va bazaviy texnik xizmat ko‘rsatishning barcha ko‘rinishlarini amalga oshiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish