Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston tadbirkorlari Rossiyaga qarshi embargo joriy etishni talab qilmoqda
Qozog‘iston rahbariyati Rossiya mollariga qarshi embargo joriy qilish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston telegraf agentligi xabar bermoqda.
Embargo ro‘yxatiga quyidagilar kiritilishi mumkin: avtomobillar, shisha mahsulotlari, akkumulyatorlar, parranda go‘shti, tuxum, un, makaron, sharbat va ichimliklar, shifer, sim va kabellar, yog‘lar, patoka, qandolat mahsulotlari va boshqalar.
Bundan tashqari, bir qator mahalliy korxonalar Rossiya tovarlarini import qilishga kvota joriy qilishni so‘ramoqda. Jumladan, “Aziya Avto” va Qozog‘iston avtomobil biznesi uyushmasi mamlakat transport vazirligini Rossiya avtomobillarini import qilish va dilerlik tarmog‘i orqali sotishning ekslyuziv huquqini ularga berishga ko‘ndirmoqchi.
Shunga o‘xshab, tegishli soha korxonalari o‘z manfaatlarini himoya qilmoqda, bunda asosiy sabab qilib mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish ko‘rsatilmoqda.