Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shakira BMT sammitining ochilishida Jon Lennonning xitini ijro etadi
Kolumbiyalik xonanda Shakira 25 sentabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT global taraqqiyot sammitining ochilishida Jon Lennonning Imagine (Tasavvur qil) qo‘shig‘ini ijro etadi. Matbuot anjumani chog‘ida qo‘shiqcha jurnalistlarning iltimosiga yo‘q deya olmay, qo‘shiqning naqoratini hirgoyi qilib berdi, hamda uning suriyalik qochqinlar va butun dunyo bolalariga bag‘ishlanishini ta'kidladi.
Xonandaning chiqishi Rim papasining nutqidan so‘ng amalga oshiriladi.
Shakiraning fikricha, bolalarga hech narsa ta'limchalik ulkan imkoniyatlar bermaydi.
“Hayotida omadga erishish uchun dunyodagi har bir bola ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim”, - ta'kidladi u.