Jahon | 10:53 / 23.09.2015
1835
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin AQSh bilan kiberjinoyatchilikka qarshi hamkorlik qilishga va'da berdi

XXR raisi Si Tszinpin AQSh bilan kiberjinoyatchilikka qarshi hamkorlik qilishga va'da berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

“Agar Xitoy va AQSh hamkorlik qilsa, ular jahon barqarorligining asosiga aylanishi mumkin. Agar ular ixtilofga kirishsa, bu butun dunyoni fojiaga olib keladi. Xitoy kiberxavfsizlikning himoyachisidir, ammo shu bilan birga xakerlar qurboni hamdir.

Tijoriy kibero‘g‘riliklar va davlat tarmoqlariga qarshi qaratilgan hujumlar jinoyat bo‘lib, xalqaro shartnomalarda ko‘zda tutilganidek jazo topishi kerak”, - dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish