Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin: XXR iqtisodiyoti barqaror o‘sishda davom etadi
Xitoy iqtisodiyoti barqaror va tez sur'atlarda o‘sishda davom etadi. Bu haqda XXR raisi Si Tszinpin AQShning Sietl (Vashington shtati) shahrida tashkil etilgan Amerika-Xitoy munosabatlari milliy qo‘mitasi va Amerika-Xitoy tadbirkorlar kengashining tantanali qabul marosimida aytib o‘tdi.
“Xitoy iqtisodiyoti mustahkamligini saqlab qoladi, u yetarlicha tez sur'atlarda rivojlanadi, – dedi Xitoy yetakchisi. – Ayni paytda uning ko‘rsatkichlari maqbul darajada. Uning o‘sishi birinchi yarimyillikda 7 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyot dunyodagi eng yuqori sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Bunga, dunyo iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatga qaramasdan, osonlikcha erishilgani yo‘q”.
“Ayni paytda barcha mamlakatlar iqtisodiyoti qiyinchiliklar bilan to‘qnash kelmoqda. Bizning iqtisodiyot ham bosim ostida”, – deya qo‘shimcha qildi XXR raisi. U qiyinchiliklar bo‘lishiga qaramasdan, ularni yengib o‘tishga ishonch bildirdi.
XXR yetakchisining ta'kidlashicha, Xitoy iqtisodiyoti islohotlar va ochiq ko‘rinishdagi iqtisodiyotni qurish sur'atlarini oshirish yo‘lidan bormaydi. “Bizning birinchi galdagi maqsadimiz – bosqichma-bosqich taraqqiy etish”, - deya qo‘shimcha qildi e.
Si Tszinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy eksportni rag‘batlantirish uchun milliy valyuta kursini tushirmaydi.
Mazkur qabul marosimiga 800 nafar siyosatchilar va tadbirkor doiralar vakillari, jumladan, AQShning sobiq davlat kotibi Henri Kissinjyer va mamlakat Savdo vaziri Penni Pritsker taklif etildi. Ushbu safar chog‘ida Xitoy yetakchisi Apple, Microsoft, Boeing va boshqa Amerika iqtisodiyotining “kapitanlari” rahbarlari bilan ham uchrashishi mumkin. Shu sababdan XXR delegatsiyasi tarkibida 15ta yirik kompaniya, jumladan, Alibaba Group va Tencent, Lenovo, ICBC va Bank of China banklari vakillari o‘rin olgan.