Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:05 / 23.09.2015
28157
1 daqiqa o‘qiladi
Suriyada o‘zbekistonlik kamikadze terakt sodir etdi
Tolibon va al-Qoida guruhlari bilan hamkorlik qilgan asli o‘zbekistonlik jangari 18 sentabr kuni Suriyaning Fua qishlog‘ida o‘zini yuk mashinasiga qo‘shib havoga uchirdi.
17-20 yoshli yigit Afg‘oniston Tolibonining o‘zbek fraksiyasi bo‘lgan “Imom Buxoriy Jamoati”ga mansub bo‘lib, u portlashdan bir lahza oldin tushirilgan, terrorchilar tomonidan 29 sentabr kuni e'lon qilingan videoning boshida ko‘rsatilgan.
Videoda uning qo‘rquvdan yig‘layotgani, boshqa jangarilarning esa unga dalda berayotganini ko‘rish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish