Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Qurbon hayiti bayram sifatida nishonlanmaydi
Suriyadagi musulmonlar butun dunyo bo‘ylab Qurbon hayiti bayrami bo‘lib o‘tadigan 24 sentabr kunida mamlakatdagi siyosiy mojarolar tufayli halok bo‘lganlar xotirasi uchun bayram qilishmaydi. Bu haqda RIA Novosti Damashq shahridagi muftiylar idorasiga asoslanib xabar bergan.
"Suriyadagi barcha musulmonlar jangarilar tomonidan egallab olingan hududlarda o‘ldirilgan millatdoshlari xotirasi uchun bu yili Qurbon Hayiti bayramini nishonlamaslikka qaror qilishdi", deb ma'lum qilgan suriyalik diniy ulamolardan biri.
BMT tomonidan ma'lum qilinishicha, 2011 yilning martidan buyon davom etib kelayotgan siyosiy mojarolar tufayli Suriyada 220 ming nafardan ortiqroq kishi halok bo‘ldi. Suriyada tinch aholi vakillaridan tashqari mamlakat armiyasi askarlari "IShID" va "Jibhod an-Nasr" guruhi jangarilariga qarshi to‘qnashuvlarda halok bo‘ladi.