Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:58 / 23.09.2015
2166
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent va Ashxobod hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi
2015 yilning 22 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkmanistonning favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining istiqbolli yo‘nalishlari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash bo‘yicha tomonlarning takliflari ko‘rib chiqildi.