Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi birinchi AES 2022 yilda ishga tushiriladi
Turkiyadagi birinchi "Akkuyu" atom elektr stansiyasi 2022 yilda ishga tushiriladi. Bu haqda Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin hamda Rajab Toyib Erdogan uchrashuvi natijalariga bag‘ishlangan hujjatda qayd etilgan.
“Turkiyada birinchi "Akkuyu" atom elektr stansiyasi (quvvati 1200 mVt dan bo‘lgan to‘rtta blok qurilishi 2022 yilda tugallanishi rejalashtirilgan)”, deyiladi hujjatda.
Rossiya va Turkiya hukumatlari o‘rtasidagi "Akkuyu" maydonida (Turkiya janubidagi Mersin shahri) hamkorlikda atom elektr stansiyasini qurish va ishga tushirish to‘g‘risidagi shartnoma 2010 yilda imzolangan edi.
Loyiha qiymati taxminan 20 mlrd dollarni tashkil etadi. "Akkuyu" AES 60 yil davomida tinimsiz ravishda elektr energiyasi ishlab chiqarib, mamlakat ehtiyojining 7 foizini qondirishi ko‘zda tutilgan.