Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Rossiya Suriyada yana ikkita harbiy baza qurmoqda
Rossiyalik harbiylar o‘zlarining Suriyadagi joylashuvlarini yana ikkita qo‘shimcha baza qurish bilan kengaytirmoqdalar, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri. Nashr bunda jurnalistlarning qo‘liga tushgan sun'iy yo‘ldoshlardan olingan yangi suratlarga tayanmoqda.
Nashrda Rossiya Suriyaning O‘rta Yer dengizi sohili yaqinida harbiy salohiyatini yanada oshirishi Rossiya o‘z harbiy kuchlarini Suriyadagi fuqarolik urushiga tayyorlayotganidan oxirgi ishora ekanligi qayd etilmoqda. Nashrning fikricha, bu holat Bashar Asad tuzumi va “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi kolatsiyaga yangi muammolar tug‘diradi.
Nashr suratlarni harbiy razvedkani axborot bilan ta'minlashga ixtisoslashgan IHS kompaniyasidan olgan. Sentyabr o‘rtalari bilan sanalangan suratlarda Latakiya shahridan shimolda qurol-aslaha ombori va harbiy obekt qurilayotganini ko‘rish mumkin.
Qayd etilishicha, suratlarda Rossiya harbiy qismlari ishlatadigan yangi chodirlarni ham ko‘rish mumkin.
Avvalroq Reuters axborot agentligi Suriya armiyasi Rossiyadan yetkazib berilgan havo va yerda foydalanish uchun mo‘ljallangan yangi qurollarni ishlatishni boshlaganini ma'lum qilgandi.