Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiyaga bir haftada 44 mingdan ziyod muhojirlar kirib keldi
16 sentabrdan buyon Xorvatiyaga 44 ming nafardan ziyod muhojir kirib keldi, so‘nggi bir kun chida esa chegaralarni 8750 kishi kesib o‘tdi. Mazkur ma'lumotlar Xorvatiya Ichki ishlar vazirligi saytida e'lon qilindi.
Vazirlik qancha muhojir mamlakatni tark etgani haqida xabar bermadi. Uning ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda Opatovats shahridagi qochqinlarni qabul qilish markazida 2,9 ming kishi bor. Ularni o‘z yo‘llarini davom ettirishi uchun chegaralar yaqinidagi lagerlarga yetkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Yevropa Ittifoqi Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta muhojirlar inqirozini boshdan kechirmoqda. 2015 yil boshidan buyon YeI hududiga 500 ming nafardan ziyod Yaqin Sharq va Shimoliy afrikalik qochqinlar kirib kelgan. Ularning soni kundan-kunga ortib bormoqda.