Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:17 / 24.09.2015
1581
1 daqiqa o‘qiladi
YeI Yaqin Sharqda muhojirlarga 1,1 mlrd yevro ajratadi
Yevropa Ittifoqi BMTning Yaqin Sharqda qochqinlarga yordam berib kelayotgan idoralariga 1.1 mlrd yevro yordam ko‘rsatadi. Bu haqda Yevrokengash rahbari Donald Tusk migratsiya bo‘yicha favqulodda yig‘ilishda ma'lum qildi.
O‘z navbatida, Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker Turkiyaga 1 mlrd, Makedoniyaga 700 mln, YeI davlatlariga 100 mln, “Fronteks” va Yevropolga 600 mln, Xalqaro oziq-ovqat dasturiga 200 mln, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gumanitar yordam ko‘rsatishga esa 300 mln yevro ajratilishini ma'lum qildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish